ADMINISTRATSIYA LAVOZIMLARI
Server administratsiyasida har bir xodim o‘z faoliyati, ish sifati va intizomiga qarab bosqichma-bosqich yuqori lavozimga ko‘tariladi.
Lavozimlar:
1. Стажёр
↓
2. Мл. Модератор
↓
3. Модератор
↓
4. Ст. Модератор
↓
5. Мл. Смотритель
↓
6. Смотритель
↓
7. Ст. Смотритель
↓
8. Мл. Руководитель
↓
9. Руководитель
↓
10. Ст. Руководитель
Lavozim qanday ko‘tariladi?
Lavozim ko‘tarilishi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
• Aktivlik — serverda muntazam faol bo‘lish.
• Ish sifati — admin vazifalarini to‘g‘ri va sifatli bajarish.
• Intizom — server va administratsiya qoidalariga rioya qilish.
• Tajriba — server qoidalari va adminlik tizimini yaxshi bilish.
• Muomala — o‘yinchilar va boshqa administratorlar bilan hurmat bilan muloqot qilish.
• Serverga qo‘shgan hissasi — server rivojiga yordam berish va foydali tashabbuslar ko‘rsatish.
Faqat uzoq vaqt administrator bo‘lib yurishning o‘zi lavozim ko‘tarilishi uchun yetarli emas.
O‘zini yaxshi ko‘rsatgan, faol va mas'uliyatli administratorlar keyingi lavozimga tavsiya qilinadi.
Imtiyozlar va huquqlar
Har bir yuqori lavozim bilan administratorning
huquqlari va imkoniyatlari bosqichma-bosqich kengayib boradi.
Shu bilan birga, lavozim oshgani sari administratorning mas'uliyati ham oshadi.
Admin huquqlaridan shaxsiy manfaat uchun foydalanish, o‘yinchilarni asossiz jazolash, vakolatni suiiste’mol qilish yoki boshqa administratorlarga nisbatan huquqni noto‘g‘ri ishlatish taqiqlanadi.
Lavozim ko‘tarish huquqiga ega shaxslar
Administratorlarni lavozimga ko‘tarish, lavozimini o‘zgartirish yoki yuqori lavozimga tavsiya qilish huquqi faqat:
• Заместитель
• Создатель
lavozimidagi shaxslarga beriladi.
Boshqa administratorlar o‘z xohishiga ko‘ra hech kimning lavozimini oshirish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas.
Lavozim — imtiyoz emas, avvalo mas'uliyat. ADMINISTRATSIYA LAVOZIMLARI